"Al-Farobiy Ta'lim" xususiy maktabi - xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan, bir vaqtning o'zida 3-4 ta tillarni chuqur o'rgatuvchi zamonaviy xalqaro standartlarga ega, yuqori ko'rsatgichdagi  innovatsion maktab hisoblanadi.

Bu yerda farzandlaringiz chuqurlashtirilgan ingliz tilidan tashqari arab tili va yana ikkita sharqiy tillarni mukammal o'rganishlari mumkin. Darslarni tajribali va yuqori toifadagi o'qituvchilar olib boradi. Bundan tashqari ta'lim sifatini oshirish maqsadida chet ellik mutaxassislarni ham taklif qilganmiz. Maktabimizning yana bir qulay tarafi shundaki biz, qiz va o'g'il bolalar uchun alohida o'qitiladigan sinflar tashkil qilganmiz. Ko'plab mamlakatlarda sinovdan o'tgan bunday o'qitish usuli qisqa muddat ichida yuqori samara beradi.   

Ta'lim maskanimizning o'ziga xos ahamiyatli jihati shundaki, maktabimiz direktori ilmparvar, ishbilarmon-tadbirkor inson bo'lib, o'quvchilarimizga yoshlikdanoq tadbirkorlik darslaridan saboq berilishini yo'lga qo'ygan. O'quvchilarimiz uchun darslardan tashqari, tadbirkorlik korxonalariga sayohatlar uyishtiriladi, bizness treninglar tashkil qilinadi, yoshlarimizga chet ellik tengdoshlari bilan muloqot qilish imkoniyati yaratiladi. Eng asosiysi ta'til vaqtida rejali tarzda chet el oromgohlari va ta'lim markazlariga safarlar uyushtirish ko'zda tutilgan.

Bunday imkoniyatni qo'ldan boy bermang. Siz orzu qilgan maktab endi O'zbekistonda!